Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasida bayram shukuhi davom etmoqda
3-aprel kuni Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsenti Yusupov Muxtorjon Tojiboyevich muborak 60 yoshini qarshi oldi.
Yusupov Muxtorjon Tojiboyevich 1966 yil 3-aprelda Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanida tavallud topgan. 1986 yil Toshkent davlat universiteti (Hozirgi O'zbekiston milliy universiteti) "Matematika" yo'nalishiga o'qishga kirib, 1991 yil tamomlagan va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Andijon filiali «Informatika va statistika» kafedrasiga assistent lavozimida ishga joylashgan. 1991-2020 yillar davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Andijon filiali «Iqtisodiy informatika va statistika» kafedrasi assistenti, Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti «Iqtisodiy informatika va statistika» kafedrasi assistenti, Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti «Iqtisodiy informatika va boshqaruvni avtomatlashtirilgan sistemalari» kafedrasi katta o’qituvchisi, Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti «Iqtisodiy informatika» kafedrasi katta o’qituvchisi, Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi katta o’qituvchisi, Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti «Matematika va informatika» kafedrasi katta o’qituvchisi, Andijon mashinasozlik instituti «Oliy matematika» kafedrasi katta o’qituvchisi, Andijon mashinasozlik instituti «Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish» kafedrasi katta o’qituvchisi, Andijon mashinasozlik instituti «Axborot texnologiyalari» kafedrasi katta o’qituvchisi, Andijon mashinasozlik instituti «Axborot texnologiyalari» kafedrasi mudiri, lavozimlarida barakali mehnat faoliyatini olib borgan
O'tgan vaqt mobaynida ilmiy tadqiqot ishlari bilan ham shug'ullanib keldi va 2020 yil Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy kengashda texnika fanlari bo'yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2022 yilda O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Andijon Mashinasozlik instituti kengashining tavsiyasiga ko'ra dotsent ilmiy unvonini olgan. Hozirda Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Qo'qon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi jamoasi Yusupov Muxtorjon Tojiboyevichning tavallud ayyomi bilan chin dildan tabriklab, ularga mustahkam sog'lik, baxt, oilaviy tinchlik va farovonlik, ilmiy va pedagogik faoliyatida yanada yuksalishlar bo'lishini tilab qoladi.
2026-yil 9-iyun kuni Qo‘qon universiteti Andijon filiali IT va ijtimoiy-gumanitar fakulteti Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsent v.v.b. Alimqulov Nurmuhammad Muqumjon o‘g‘li o‘zlarining tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar.
2026-yil 6-iyun kuni Qo‘qon universiteti Andijon filiali jamoasi uchun unutilmas va yutuqlarga boy kun bo‘ldi. Bir tomondan ilm-fan yo‘lida muhim natija qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan sun’iy intellekt sohasidagi nufuzli musobaqada universitet vakillari yuksak natijalarni qayd etdilar.
Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi jamoasi nomidan tabrik!
Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasida bayram shukuhi davom etmoqda
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qoʻqon universiteti Andijon filiali jamoasi uchun Andijon shahridagi Med City sihatgohida keng koʻlamli madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlari tashkil etildi. Ushbu bayram tadbiri professor-oʻqituvchilar, xodimlar hamda ularning oila aʼzolarini bir davrada jamlab, koʻtarinki kayfiyat va samimiy muhitda oʻtkazildi.
2026-yil 22-aprel kuni Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi oʻqituvchisi Shamsitdinov Saloxiddin Kamardinich tomonidan Kompyuter injiniringi yoʻnalishi 2-kurs talabalari uchun “Maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlari” fanidan ochiq dars mashgʻuloti tashkil etildi.
Bugun, 2026-yil 21-aprel kuni Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi oʻqituvchisi Muratova Zulfizar Axmadjonovnaga PhD diplomini tantanali ravishda topshirish marosimi ko‘tarinki ruh, samimiyat va faxr tuyg‘ulari ila bo‘lib o‘tdi. Ushbu unutilmas lahzalarda kafedra jamoasi, ustozlar va hamkasblar bir davrada jam bo‘lib, ilm yo‘lida erishilgan bu yuksak natijani qalbdan quvonib, birgalikda nishonladilar.
Bugun, 2026-yil 16-aprel kuni Qoʻqon universiteti Andijon filialida «Kitob chellenji» tadbiri boʻlib oʻtdi.
Bugun 08.04.2026-yil kuni Qo'qon universiteti Andijon filiali IT va ijtimoiy fanlar fakulteti Kompyuter injiniringi va raqamli tehnologiyalar kafedrasi dotsenti Komiljonov Nurmuxammadjon Alimjonovich tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar.
Bugun Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi yo'nalishi 2-kurs talabalari ishlab chiqarish amaliyotiga yo'naltirildi.
Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasida yana bir tug'ilgan kun nishonlanmoqda
Qoʻqon universiteti Andijon filialida Navroʻz tadbiri boʻlib oʻtdi.
Muratova Zulfizar Axmadjonovnaning 05.06.02 – Toʻqimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi boʻyicha, “Ipakning tolali chiqindilaridan tibbiyotda qoʻllaniladigan notoʻqima matolarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida, texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishining himoyasi Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.15.03 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 7-fevral kuni soat 10:00 dagi majlisida boʻlib oʻtdi
Xabibullayeva Irodaxon Dilshod qizining 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli resurslarni yaratish kompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 6-fevral kuni soat 8:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tdi.