Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasida bugun qoʻshaloq bayram!
2026-yil 6-iyun kuni Qo‘qon universiteti Andijon filiali jamoasi uchun unutilmas va yutuqlarga boy kun bo‘ldi. Bir tomondan ilm-fan yo‘lida muhim natija qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan sun’iy intellekt sohasidagi nufuzli musobaqada universitet vakillari yuksak natijalarni qayd etdilar.
Qosimov Sardor Dilmurodovich PhD ilmiy darajasiga munosib deb topildi
Ushbu kunda universitetimizning iqtidorli tadqiqotchilaridan biri — Qosimov Sardor Dilmurodovich iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. Himoya jarayonida ilmiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiya ishi yuqori baholanib, yakdil qaror bilan 100 foiz ovoz asosida muallifni iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq deb topildi.
Mazkur natija nafaqat ilmiy izlanuvchining ko‘p yillik mehnati samarasi, balki universitetimizda ilmiy faoliyatni rivojlantirish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy ilmiy maktablarni shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlarning amaliy natijasidir.
Universitet jamoasi Qosimov Sardor Dilmurodovichni ushbu muhim yutuq bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusidagi ilmiy faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
“Umummilliy AI Hackathon”da qo‘shaloq g‘alaba
Shu kuni Andijon shahridagi Digital HUB binosida o‘tkazilgan nufuzli “Umummilliy AI Hackathon” tanlovida ham Qo‘qon universiteti Andijon filiali vakillari yorqin natijalarga erishdilar.
Sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan innovatsion loyihalari bilan qatnashgan "Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar" kafedrasi professor-o‘qituvchilari Maxmudov Muhammadxon Nuralixon o‘g‘li hamda Olimov Muslimbek Ulug‘bek o‘g‘li musobaqaning mutlaq g‘oliblari bo‘lib, faxrli 1-o‘rinni egalladilar va bosh sovrin — Apple MacBook Air bilan taqdirlandilar.
Ularning izidan borayotgan iqtidorli talabalar jamoasi ham yuqori natija ko‘rsatib, o‘z yo‘nalishida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda 20 million so‘mlik pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Hackathon davomida ishtirokchilar sog‘liqni saqlash, ta’lim, tadbirkorlik va sud tizimi kabi yo‘nalishlarda sun’iy intellektga asoslangan innovatsion yechimlar ishlab chiqib, ekspertlar hay’ati oldida o‘z loyihalarini himoya qildilar. Musobaqadagi ushbu muvaffaqiyat universitetimizda zamonaviy IT-ta’lim, innovatsion fikrlash va amaliy loyihalar ustida ishlash madaniyati yuksak darajada shakllanganini yana bir bor namoyon etdi.
Ustoz va shogirdlarning birgalikdagi muvaffaqiyati
Ayniqsa, ushbu qo‘shaloq g‘alaba universitetimizda shakllangan “ustoz–shogird” an’anasining amaliy natijasi sifatida e’tiborga loyiqdir. Professor-o‘qituvchilar tomonidan berilayotgan zamonaviy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar talabalar tomonidan muvaffaqiyatli o‘zlashtirilib, yirik tanlovlarda munosib natijalarga aylanishi universitetimizning ta’lim sifatini yaqqol namoyon etmoqda.
Qo‘qon universiteti Andijon filiali jamoasi barcha g‘oliblarni samimiy muborakbod etadi va ularga ilm-fan hamda innovatsiyalar yo‘lida yangi zafarlar tilaydi.
2026-yil 9-iyun kuni Qo‘qon universiteti Andijon filiali IT va ijtimoiy-gumanitar fakulteti Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsent v.v.b. Alimqulov Nurmuhammad Muqumjon o‘g‘li o‘zlarining tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar.
Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi jamoasi nomidan tabrik!
Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasida bayram shukuhi davom etmoqda
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qoʻqon universiteti Andijon filiali jamoasi uchun Andijon shahridagi Med City sihatgohida keng koʻlamli madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlari tashkil etildi. Ushbu bayram tadbiri professor-oʻqituvchilar, xodimlar hamda ularning oila aʼzolarini bir davrada jamlab, koʻtarinki kayfiyat va samimiy muhitda oʻtkazildi.
2026-yil 22-aprel kuni Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi oʻqituvchisi Shamsitdinov Saloxiddin Kamardinich tomonidan Kompyuter injiniringi yoʻnalishi 2-kurs talabalari uchun “Maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlari” fanidan ochiq dars mashgʻuloti tashkil etildi.
Bugun, 2026-yil 21-aprel kuni Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi oʻqituvchisi Muratova Zulfizar Axmadjonovnaga PhD diplomini tantanali ravishda topshirish marosimi ko‘tarinki ruh, samimiyat va faxr tuyg‘ulari ila bo‘lib o‘tdi. Ushbu unutilmas lahzalarda kafedra jamoasi, ustozlar va hamkasblar bir davrada jam bo‘lib, ilm yo‘lida erishilgan bu yuksak natijani qalbdan quvonib, birgalikda nishonladilar.
Bugun, 2026-yil 16-aprel kuni Qoʻqon universiteti Andijon filialida «Kitob chellenji» tadbiri boʻlib oʻtdi.
Bugun 08.04.2026-yil kuni Qo'qon universiteti Andijon filiali IT va ijtimoiy fanlar fakulteti Kompyuter injiniringi va raqamli tehnologiyalar kafedrasi dotsenti Komiljonov Nurmuxammadjon Alimjonovich tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar.
Bugun Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi yo'nalishi 2-kurs talabalari ishlab chiqarish amaliyotiga yo'naltirildi.
Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasida yana bir tug'ilgan kun nishonlanmoqda
Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasida bayram shukuhi davom etmoqda
Qoʻqon universiteti Andijon filialida Navroʻz tadbiri boʻlib oʻtdi.
Muratova Zulfizar Axmadjonovnaning 05.06.02 – Toʻqimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi boʻyicha, “Ipakning tolali chiqindilaridan tibbiyotda qoʻllaniladigan notoʻqima matolarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida, texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishining himoyasi Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.15.03 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 7-fevral kuni soat 10:00 dagi majlisida boʻlib oʻtdi
Xabibullayeva Irodaxon Dilshod qizining 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli resurslarni yaratish kompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 6-fevral kuni soat 8:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tdi.