Bugun Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi yo'nalishi 2-kurs talabalari ishlab chiqarish amaliyotiga yo'naltirildi.
Talabalarga amaliyot o'tash uchun obyektlar tanlab berildi va amaliyot davomida bajariladigan vazifalar tushuntirildi. Amaliyot davomida talabalar o'zlarining nazariy bilimlarini amaliyotda qo'llash imkoniyatiga ega bo'ladilar, shuningdek, ish joyidagi muhitga moslashish va professional ko'nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Har bir talaba uchun amaliyot rahbarlari biriktirildi va kafedra mudiri N.Kabulov va bir qator professor o'qituvchilar tomonidan ularga amaliyot davrida qanday hujjatlar bilan ishlashi kerakligi tushuntirildi. Amaliyot davomida talabalar o'zlarining amaliyot rahbarlari bilan muntazam ravishda aloqada bo'lishlari va amaliyot jarayonida yuzaga keladigan savollarni hal qilish uchun yordam so'rashlari tavsiya etildi.
Shuningdek, bir qator talabalar allaqachon amaliyot o'talishi lozim bo'lgan obyektlarda amaliyot o'tashni boshlashdi va ular o'zlarining amaliyot tajribalarini baham ko'rishmoqda. Amaliyot davomida talabalar o'zlarining kasbiy mahoratlarini oshirish va kelajakdagi ish joylariga tayyorlanish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
2026-yil 9-iyun kuni Qo‘qon universiteti Andijon filiali IT va ijtimoiy-gumanitar fakulteti Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsent v.v.b. Alimqulov Nurmuhammad Muqumjon o‘g‘li o‘zlarining tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar.
2026-yil 6-iyun kuni Qo‘qon universiteti Andijon filiali jamoasi uchun unutilmas va yutuqlarga boy kun bo‘ldi. Bir tomondan ilm-fan yo‘lida muhim natija qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan sun’iy intellekt sohasidagi nufuzli musobaqada universitet vakillari yuksak natijalarni qayd etdilar.
Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi jamoasi nomidan tabrik!
Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasida bayram shukuhi davom etmoqda
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qoʻqon universiteti Andijon filiali jamoasi uchun Andijon shahridagi Med City sihatgohida keng koʻlamli madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlari tashkil etildi. Ushbu bayram tadbiri professor-oʻqituvchilar, xodimlar hamda ularning oila aʼzolarini bir davrada jamlab, koʻtarinki kayfiyat va samimiy muhitda oʻtkazildi.
2026-yil 22-aprel kuni Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi oʻqituvchisi Shamsitdinov Saloxiddin Kamardinich tomonidan Kompyuter injiniringi yoʻnalishi 2-kurs talabalari uchun “Maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlari” fanidan ochiq dars mashgʻuloti tashkil etildi.
Bugun, 2026-yil 21-aprel kuni Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi oʻqituvchisi Muratova Zulfizar Axmadjonovnaga PhD diplomini tantanali ravishda topshirish marosimi ko‘tarinki ruh, samimiyat va faxr tuyg‘ulari ila bo‘lib o‘tdi. Ushbu unutilmas lahzalarda kafedra jamoasi, ustozlar va hamkasblar bir davrada jam bo‘lib, ilm yo‘lida erishilgan bu yuksak natijani qalbdan quvonib, birgalikda nishonladilar.
Bugun, 2026-yil 16-aprel kuni Qoʻqon universiteti Andijon filialida «Kitob chellenji» tadbiri boʻlib oʻtdi.
Bugun 08.04.2026-yil kuni Qo'qon universiteti Andijon filiali IT va ijtimoiy fanlar fakulteti Kompyuter injiniringi va raqamli tehnologiyalar kafedrasi dotsenti Komiljonov Nurmuxammadjon Alimjonovich tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar.
Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasida yana bir tug'ilgan kun nishonlanmoqda
Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasida bayram shukuhi davom etmoqda
Qoʻqon universiteti Andijon filialida Navroʻz tadbiri boʻlib oʻtdi.
Muratova Zulfizar Axmadjonovnaning 05.06.02 – Toʻqimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi boʻyicha, “Ipakning tolali chiqindilaridan tibbiyotda qoʻllaniladigan notoʻqima matolarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida, texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishining himoyasi Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.15.03 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 7-fevral kuni soat 10:00 dagi majlisida boʻlib oʻtdi
Xabibullayeva Irodaxon Dilshod qizining 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli resurslarni yaratish kompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 6-fevral kuni soat 8:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tdi.