Bugun, 2026-yil 16-aprel kuni Qoʻqon universiteti Andijon filialida «Kitob chellenji» tadbiri boʻlib oʻtdi.
Mazkur tashabbus odatdagi kitobxonlik targʻibotidan biroz farqli ruhda tashkil etildi. «Kitobxonlik haftaligi» doirasida oʻtkazilgan ushbu chellenjning asosiy maqsadi – oʻqilgan kitoblar haqida soʻzlash emas, balki ustozlarning oʻz qalbiga yaqin, yillar davomida ular uchun qadrli boʻlib kelgan asarlarni Axborot-resurs markazi fondiga hadya etish orqali maʼnaviy xazinaning yanada boyishiga hissa qoʻshishdan iborat boʻldi.
Tadbir IT va Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti dekani Solijonov Muhammadali Omonillo oʻgʻli boshchiligida yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbirda Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi Professor-oʻqituvchilari kafedra mudiri Nozimjon Kabulov boshchiligida faol ishtirok etib, oʻzlari sevib mutolaa qilgan, hayotiy qarashlari va ilmiy faoliyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatgan kitoblarni universitet fondiga tantanali tarzda topshirdilar.
Har bir hadya etilgan kitob ortida bir xotira, bir tajriba va bir maʼnaviy qadriyat mujassam edi. Bu esa tadbirga alohida ruh va mazmun bagʻishladi. Natijada, «Kitob chellenji» nafaqat fondni boyitish, balki ustozlar va talabalar oʻrtasida ilm va maʼnaviyatni ulashishning samimiy koʻprigiga aylandi.
Shu tariqa, ushbu tashabbus universitet hayotida kitobning nafaqat oʻqiladigan, balki ulashiladigan va qadrlanadigan bebaho boylik ekanini yana bir bor namoyon etdi.
📖 Har bir kitob — bilim manbai! Uni birgalikda qadrlaymiz va foydali maqsadlarga yo‘naltiramiz.
2026-yil 9-iyun kuni Qo‘qon universiteti Andijon filiali IT va ijtimoiy-gumanitar fakulteti Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsent v.v.b. Alimqulov Nurmuhammad Muqumjon o‘g‘li o‘zlarining tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar.
2026-yil 6-iyun kuni Qo‘qon universiteti Andijon filiali jamoasi uchun unutilmas va yutuqlarga boy kun bo‘ldi. Bir tomondan ilm-fan yo‘lida muhim natija qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan sun’iy intellekt sohasidagi nufuzli musobaqada universitet vakillari yuksak natijalarni qayd etdilar.
Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi jamoasi nomidan tabrik!
Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasida bayram shukuhi davom etmoqda
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qoʻqon universiteti Andijon filiali jamoasi uchun Andijon shahridagi Med City sihatgohida keng koʻlamli madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlari tashkil etildi. Ushbu bayram tadbiri professor-oʻqituvchilar, xodimlar hamda ularning oila aʼzolarini bir davrada jamlab, koʻtarinki kayfiyat va samimiy muhitda oʻtkazildi.
2026-yil 22-aprel kuni Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi oʻqituvchisi Shamsitdinov Saloxiddin Kamardinich tomonidan Kompyuter injiniringi yoʻnalishi 2-kurs talabalari uchun “Maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlari” fanidan ochiq dars mashgʻuloti tashkil etildi.
Bugun, 2026-yil 21-aprel kuni Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi oʻqituvchisi Muratova Zulfizar Axmadjonovnaga PhD diplomini tantanali ravishda topshirish marosimi ko‘tarinki ruh, samimiyat va faxr tuyg‘ulari ila bo‘lib o‘tdi. Ushbu unutilmas lahzalarda kafedra jamoasi, ustozlar va hamkasblar bir davrada jam bo‘lib, ilm yo‘lida erishilgan bu yuksak natijani qalbdan quvonib, birgalikda nishonladilar.
Bugun 08.04.2026-yil kuni Qo'qon universiteti Andijon filiali IT va ijtimoiy fanlar fakulteti Kompyuter injiniringi va raqamli tehnologiyalar kafedrasi dotsenti Komiljonov Nurmuxammadjon Alimjonovich tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar.
Bugun Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi yo'nalishi 2-kurs talabalari ishlab chiqarish amaliyotiga yo'naltirildi.
Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasida yana bir tug'ilgan kun nishonlanmoqda
Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasida bayram shukuhi davom etmoqda
Qoʻqon universiteti Andijon filialida Navroʻz tadbiri boʻlib oʻtdi.
Muratova Zulfizar Axmadjonovnaning 05.06.02 – Toʻqimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi boʻyicha, “Ipakning tolali chiqindilaridan tibbiyotda qoʻllaniladigan notoʻqima matolarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida, texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishining himoyasi Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.15.03 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 7-fevral kuni soat 10:00 dagi majlisida boʻlib oʻtdi
Xabibullayeva Irodaxon Dilshod qizining 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli resurslarni yaratish kompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 6-fevral kuni soat 8:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tdi.