📅 09.05.2026 👁 17

Qoʻqon universiteti Andijon filialida PIKNIK-TIME

PIKNIK-TIME

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qoʻqon universiteti Andijon filiali jamoasi uchun Andijon shahridagi Med City sihatgohida keng koʻlamli madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlari tashkil etildi. Ushbu bayram tadbiri professor-oʻqituvchilar, xodimlar hamda ularning oila aʼzolarini bir davrada jamlab, koʻtarinki kayfiyat va samimiy muhitda oʻtkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar uchun turli koʻngilochar konsert dasturlari namoyish etildi. Kuy-qoʻshiqlar, sahna chiqishlari va qiziqarli “karaoke-party” bayramga oʻzgacha fayz bagʻishladi. Shuningdek, milliy qadriyatlarni targʻib etuvchi osh musobaqasi ham tashkil qilinib, unda turli jamoalar oʻz mahoratini namoyon etdilar. Tayyorlangan oshlar nafaqat taʼmi, balki bezatilishi va tayyorlash uslubi bilan ham tadbir qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi.

Bayram doirasida sport musobaqalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Tennis, stol tennisi, voleybol, shaxmat, shashka hamda estafeta yoʻnalishlari boʻyicha qizgʻin bellashuvlar oʻtkazildi. Musobaqalarda professor-oʻqituvchilar va xodimlar faol ishtirok etib, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhit yaratildi.

PIKNIK-TIME

Voleybol musobaqasida Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi qizlar jamoasi faol ishtirok etib, faxrli 4-oʻrinni egalladi. Jamoaning oʻzaro hamjihatligi, sportga boʻlgan qiziqishi va gʻalabaga intilishi tadbir qatnashchilari tomonidan yuqori baholandi.

Stol tennisi boʻyicha oʻtkazilgan musobaqada esa Muratova Zulfizar yuqori mahorat koʻrsatib, faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, Toʻlqinxoʻjayeva Nilufar ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, 3-oʻrinni egalladi. Ushbu natijalar kafedra jamoasining sport sohasidagi faolligi va salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.

PIKNIK-TIME

Tadbirda bolajonlar uchun ham alohida koʻngilochar hudud tashkil etildi. Ular uchun batutlar, sayohat poyezdi va turli oʻyin maydonchalari tashkil qilinib, bolalarning maroqli hordiq chiqarishi uchun barcha sharoitlar yaratildi. Bu esa bayram tadbirining yanada mazmunli va oilaviy ruhda oʻtishiga xizmat qildi.

Mazkur piknik tadbiri jamoa aʼzolari oʻrtasida oʻzaro hurmat, birdamlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash bilan birga, Xotira va qadrlash kunining maʼnaviy ahamiyatini chuqur his etishga xizmat qildi.

Soʻnggi yangiliklar

📅 09.06.2026 👁 15
images/news/text217.jpg

Qoʻqon universiteti Andijon filialida bayramona kayfiyat

2026-yil 9-iyun kuni Qo‘qon universiteti Andijon filiali IT va ijtimoiy-gumanitar fakulteti Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsent v.v.b. Alimqulov Nurmuhammad Muqumjon o‘g‘li o‘zlarining tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar.

Batafsil

📅 06.06.2026 👁 19
images/news/text216.jpg

Qoʻqon universiteti Andijon filialida tarixiy kun: PhD himoyasi va AI Hackathondagi qoʻshaloq gʻalaba

2026-yil 6-iyun kuni Qo‘qon universiteti Andijon filiali jamoasi uchun unutilmas va yutuqlarga boy kun bo‘ldi. Bir tomondan ilm-fan yo‘lida muhim natija qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan sun’iy intellekt sohasidagi nufuzli musobaqada universitet vakillari yuksak natijalarni qayd etdilar.

Batafsil

📅 01.06.2026 👁 18
images/news/text215.jpg

Qosimov Sardor Dilmurodovichning iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi jamoasi nomidan tabrik!

Batafsil

📅 14.05.2026 👁 21
images/news/text214.jpg

Qo'qon universiteti Andijon filialida tug'ilgan kun tantanasi

Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasida bayram shukuhi davom etmoqda

Batafsil

📅 22.04.2026 👁 28
images/news/text212.jpg

KUAF, KI va RT kafedrasida ochiq dars

2026-yil 22-aprel kuni Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi oʻqituvchisi Shamsitdinov Saloxiddin Kamardinich tomonidan Kompyuter injiniringi yoʻnalishi 2-kurs talabalari uchun “Maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlari” fanidan ochiq dars mashgʻuloti tashkil etildi.

Batafsil

📅 21.04.2026 👁 42
images/news/text211.jpg

KUAF, KI va RT kafedrasida quvonchli kun

Bugun, 2026-yil 21-aprel kuni Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi oʻqituvchisi Muratova Zulfizar Axmadjonovnaga PhD diplomini tantanali ravishda topshirish marosimi ko‘tarinki ruh, samimiyat va faxr tuyg‘ulari ila bo‘lib o‘tdi. Ushbu unutilmas lahzalarda kafedra jamoasi, ustozlar va hamkasblar bir davrada jam bo‘lib, ilm yo‘lida erishilgan bu yuksak natijani qalbdan quvonib, birgalikda nishonladilar.

Batafsil

📅 16.04.2026 👁 16
images/news/text210.jpg

Qo'qon universiteti Andijon filialida kitob chellenji

Bugun, 2026-yil 16-aprel kuni Qoʻqon universiteti Andijon filialida «Kitob chellenji» tadbiri boʻlib oʻtdi.

Batafsil

📅 08.04.2026 👁 24
images/news/text209.jpg

Qo'qon universiteti Andijon filialida tug'ilgan kun tantanasi

Bugun 08.04.2026-yil kuni Qo'qon universiteti Andijon filiali IT va ijtimoiy fanlar fakulteti Kompyuter injiniringi va raqamli tehnologiyalar kafedrasi dotsenti Komiljonov Nurmuxammadjon Alimjonovich tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar.

Batafsil

📅 06.04.2026 👁 25
images/news/text208.jpg

Kompyuter injiniringi 2-kurs talabalari amaliyotga chiqarildi

Bugun Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi yo'nalishi 2-kurs talabalari ishlab chiqarish amaliyotiga yo'naltirildi.

Batafsil

📅 05.04.2026 👁 10
images/news/text207.jpg

QUAF - Ki & RT kafedrasida tu'gilgan kun tantanalari

Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasida yana bir tug'ilgan kun nishonlanmoqda

Batafsil

📅 03.04.2026 👁 12
images/news/text206.jpg

QUAF - Ki & RT kafedrasida tu'gilgan kun tantanalari

Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasida bayram shukuhi davom etmoqda

Batafsil

📅 25.03.2026 👁 17
images/news/text205.jpg

Qoʻqon universiteti Andijon filialida Navroʻz tantanalar

Qoʻqon universiteti Andijon filialida Navroʻz tadbiri boʻlib oʻtdi.

Batafsil

📅 07.02.2026 👁 16
images/news/text200.jpg

Ilmiy tadqiqot himoyasi bo'lib o'tdi

Muratova Zulfizar Axmadjonovnaning 05.06.02 – Toʻqimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi boʻyicha, “Ipakning tolali chiqindilaridan tibbiyotda qoʻllaniladigan notoʻqima matolarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida, texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishining himoyasi Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.15.03 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 7-fevral kuni soat 10:00 dagi majlisida boʻlib oʻtdi

Batafsil

📅 06.02.2026 👁 16
images/news/text199.jpg

Ilmiy tadqiqot himoyasi bo'lib o'tdi

Xabibullayeva Irodaxon Dilshod qizining 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli resurslarni yaratish kompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 6-fevral kuni soat 8:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tdi.

Batafsil