📅 14.05.2026 👁 21

Qo'qon universiteti Andijon filialida tug'ilgan kun tantanasi

Ubaydullayeva Gullola Habulloh qizi

Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasida bayram shukuhi davom etmoqda

14-may kuni Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi oʻqituvchisi Ubaydullaeva Gullola Habibillo qizi tavallud ayyomini qarshi oldi.

Ubaydullaeva Gullola Habibillo qizi 1992 yil 14-may kuni Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanida tavallud topgan. 2009 yilda Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetining “Avtomobilsozlik injeneringi” yoʻnalishiga oʻqishga kirib, 2013 yilda muvaffaqiyatli tamomlagan. Keyinchalik Andijon mashinasozlik institutida “Tibbiyot jihozlari va mashinalari” mutaxassisligi boʻyicha magistratura bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2014 yilda Andijon mashinasozlik instituti Gidropnevmoyuritmalar kafedrasida katta laborant lavozimida boshlagan. Faoliyati davomida turli sohalarda samarali mehnat qilib, “Ibroximjon iqboli” masʼuliyati cheklangan jamiyatida ish yurituvchi, “Qandilxon fayz” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2020 yildan boshlab Andijon mashinasozlik institutining Xalqaro fakultetida hamda Innovatsion taʼlim texnologiyalari boʻlimida oʻqituvchi sifatida ishlagan. 2023-2025 yillarda Andijon mashinasozlik instituti tayanch doktoranti sifatida ilmiy faoliyat bilan shugʻullangan.

2025 yilning sentyabr oyidan Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasida oʻqituvchi lavozimida faoliyat yuritib, talaba-yoshlarning zamonaviy bilim va koʻnikmalarni egallashida munosib hissa qoʻshib kelmoqda.

Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi jamoasi Ubaydullaeva Gullola Habibillo qizini tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etib, ularga mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt-saodat, farzandlari kamolini koʻrish baxti hamda ilmiy-pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Soʻnggi yangiliklar

📅 09.06.2026 👁 15
images/news/text217.jpg

Qoʻqon universiteti Andijon filialida bayramona kayfiyat

2026-yil 9-iyun kuni Qo‘qon universiteti Andijon filiali IT va ijtimoiy-gumanitar fakulteti Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsent v.v.b. Alimqulov Nurmuhammad Muqumjon o‘g‘li o‘zlarining tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar.

Batafsil

📅 06.06.2026 👁 19
images/news/text216.jpg

Qoʻqon universiteti Andijon filialida tarixiy kun: PhD himoyasi va AI Hackathondagi qoʻshaloq gʻalaba

2026-yil 6-iyun kuni Qo‘qon universiteti Andijon filiali jamoasi uchun unutilmas va yutuqlarga boy kun bo‘ldi. Bir tomondan ilm-fan yo‘lida muhim natija qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan sun’iy intellekt sohasidagi nufuzli musobaqada universitet vakillari yuksak natijalarni qayd etdilar.

Batafsil

📅 01.06.2026 👁 18
images/news/text215.jpg

Qosimov Sardor Dilmurodovichning iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi jamoasi nomidan tabrik!

Batafsil

📅 09.05.2026 👁 17
images/news/text213.jpg

Qoʻqon universiteti Andijon filialida PIKNIK-TIME

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qoʻqon universiteti Andijon filiali jamoasi uchun Andijon shahridagi Med City sihatgohida keng koʻlamli madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlari tashkil etildi. Ushbu bayram tadbiri professor-oʻqituvchilar, xodimlar hamda ularning oila aʼzolarini bir davrada jamlab, koʻtarinki kayfiyat va samimiy muhitda oʻtkazildi.

Batafsil

📅 22.04.2026 👁 28
images/news/text212.jpg

KUAF, KI va RT kafedrasida ochiq dars

2026-yil 22-aprel kuni Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi oʻqituvchisi Shamsitdinov Saloxiddin Kamardinich tomonidan Kompyuter injiniringi yoʻnalishi 2-kurs talabalari uchun “Maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlari” fanidan ochiq dars mashgʻuloti tashkil etildi.

Batafsil

📅 21.04.2026 👁 42
images/news/text211.jpg

KUAF, KI va RT kafedrasida quvonchli kun

Bugun, 2026-yil 21-aprel kuni Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi oʻqituvchisi Muratova Zulfizar Axmadjonovnaga PhD diplomini tantanali ravishda topshirish marosimi ko‘tarinki ruh, samimiyat va faxr tuyg‘ulari ila bo‘lib o‘tdi. Ushbu unutilmas lahzalarda kafedra jamoasi, ustozlar va hamkasblar bir davrada jam bo‘lib, ilm yo‘lida erishilgan bu yuksak natijani qalbdan quvonib, birgalikda nishonladilar.

Batafsil

📅 16.04.2026 👁 16
images/news/text210.jpg

Qo'qon universiteti Andijon filialida kitob chellenji

Bugun, 2026-yil 16-aprel kuni Qoʻqon universiteti Andijon filialida «Kitob chellenji» tadbiri boʻlib oʻtdi.

Batafsil

📅 08.04.2026 👁 24
images/news/text209.jpg

Qo'qon universiteti Andijon filialida tug'ilgan kun tantanasi

Bugun 08.04.2026-yil kuni Qo'qon universiteti Andijon filiali IT va ijtimoiy fanlar fakulteti Kompyuter injiniringi va raqamli tehnologiyalar kafedrasi dotsenti Komiljonov Nurmuxammadjon Alimjonovich tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar.

Batafsil

📅 06.04.2026 👁 25
images/news/text208.jpg

Kompyuter injiniringi 2-kurs talabalari amaliyotga chiqarildi

Bugun Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi yo'nalishi 2-kurs talabalari ishlab chiqarish amaliyotiga yo'naltirildi.

Batafsil

📅 05.04.2026 👁 10
images/news/text207.jpg

QUAF - Ki & RT kafedrasida tu'gilgan kun tantanalari

Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasida yana bir tug'ilgan kun nishonlanmoqda

Batafsil

📅 03.04.2026 👁 12
images/news/text206.jpg

QUAF - Ki & RT kafedrasida tu'gilgan kun tantanalari

Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasida bayram shukuhi davom etmoqda

Batafsil

📅 25.03.2026 👁 17
images/news/text205.jpg

Qoʻqon universiteti Andijon filialida Navroʻz tantanalar

Qoʻqon universiteti Andijon filialida Navroʻz tadbiri boʻlib oʻtdi.

Batafsil

📅 07.02.2026 👁 16
images/news/text200.jpg

Ilmiy tadqiqot himoyasi bo'lib o'tdi

Muratova Zulfizar Axmadjonovnaning 05.06.02 – Toʻqimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi boʻyicha, “Ipakning tolali chiqindilaridan tibbiyotda qoʻllaniladigan notoʻqima matolarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida, texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishining himoyasi Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.15.03 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 7-fevral kuni soat 10:00 dagi majlisida boʻlib oʻtdi

Batafsil

📅 06.02.2026 👁 16
images/news/text199.jpg

Ilmiy tadqiqot himoyasi bo'lib o'tdi

Xabibullayeva Irodaxon Dilshod qizining 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli resurslarni yaratish kompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 6-fevral kuni soat 8:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tdi.

Batafsil